O‘zbekiston | 23:27 / 15.06.2015
2916
2 daqiqa o‘qiladi

Rustam Azimov: O‘zbekiston Xitoy bilan aloqalarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishdan manfaatdor

O‘zbekiston Xitoy bilan aloqalarni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishdan manfaatdor. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov 15 iyunda ochilgan Xitoy-O‘zbekiston biznes-forumida aytib o‘tdi.

“Biz xitoylik hamkorlarimiz bilan miqyosda do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirishdan manfaatdormiz. O‘zbekiston uchun Xitoy bu ishonchli va mas'uliyatli hamkor bo‘lib, u bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli so‘zlashuv o‘zaro hurmat va bir-birining manfaatlarini uzoq muddatga hisobga olgan holdagi mustahkam aasosda quriladi”, deb aytdi Azimov.

Azimovning aytishicha, Xitoy va O‘zbekiston bilan o‘rnatilgan strategik hamkorlik, o‘zaro hurmat, yuqori darajadagi o‘zaro ishonch va do‘stlik munosabatlari ikkala davlat rahbarlarining tashriflari chog‘ida – Xitoy raisi Si Tszinpinning 2013 yil sentabrda O‘zbekistonga va O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2014 yilning avgustida Xitoyga tashrifi chog‘ida yana bir karra o‘z tasdig‘ini topdi.

“Bizning davlatlarimiz rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlar savdo-iqtisodiy, investitsion va moliyaviy sohalarda ko‘p formatli hamkorligimizni kengaytirishga ishonchli asos yaratdi”, deb ta'kidlab o‘tdi Azimov.

“Biz bugungi forum aniq suhbat va O‘zbekiston iqtisodiyotining yangi qiyofasini shakllantiradigan va bizning xitoylik hamkorlarimizga manfaat keltiradigan o‘zaro loyihalarni rivojlantirishga yaxshi maydon yaratadi, deb umid qilib qolamiz”, deb o‘z so‘zini intiho qildi Rustam Azimov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish