18:03 / 15.06.2015
3150

Tbilisidagi o‘pirilish yana toshqinga olib kelishi mumkin

Tbilisida navbatdagi toshqin kelib chiqishi mumkin. “Rustavi 2” telekanalining xabar berishicha, bunga Vere daryosining yer o‘pirilishi natijasida to‘silib qolishi sabab bo‘lishi mumkin.
Voqea joyiga mutaxassislar yetib borgan. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, muammoni yechish uchun o‘pirilgan qattiq massani portlatish yoki daryo irmog‘ini tozalash lozim. Ayni paytda bu borada yagona qarorga kelingan emas.
Eslatib o‘tamiz, 13 iyundan 14 iyunga o‘tar kechasi yuzaga kelgan suv toshqini Gruziya poytaxtiga jiddiy zarar yetkazdi. 8 kishi jarohatlandi, ko‘plab uylar va do‘konlar suv ostida qolib ketdi. Vayron bo‘lgan hayvonot bog‘idan 30dan ortiq jonivor qochib ketdi.

Top