08:13 / 15.06.2015
2581

Tbilisidagi suv toshqinlari oqibatida hayvonot bog‘idagi 300dan ko‘proq jonzot nobud bo‘ldi

14 iyunga o‘tar kechasi Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida ro‘y bergan suv toshqinlari oqibatida Tbilisi hayvonot bog‘idagi 300dan ortiq jonzot nobud bo‘ldi. Hayvonat bog‘ida jami 600dan ko‘proq jonzot saqlangan.

Ulardan bir qismi toshqin paytida qafas ichida halok bo‘lgan, qochishga muvaffaq bo‘lgan bir qism yirtqichlar esa Gruziya maxsus xizmatlari tomonidan xavfsizlik nuqtai nazaridan otib o‘ldirilgan.

“Hayvonot bog‘ida 600dan ko‘proq jonzot bor edi, ularning yarmidan ko‘pi nobud bo‘ldi. Qochib ketgan hayvonlardan bir qismi otib o‘ldirildi, bir qismi esa maxsus xavfsiz joyga ko‘chirildi. Ayni paytda tozalash ishlari olib borilmoqda”, deb aytmoqda xayvonat bog‘i ma'muriyati.

Avvalroq xayvonat bog‘i direktori Zurab Guriyelidze maxsus xizmatlar jangchilari tomonidan ko‘plab hayvonlarning o‘ldirilishi hech qanday zaruratsiz amalga oshirilgan bo‘lishi mumkinligi aytgan edi. Guriyelidze ushbu holat yuzasidan taftish o‘tkazishni talab qilmoqda.

Top