13:13 / 15.06.2015
2909

Xonanda Jasminning qalloblikda ayblanayotgan eri Moldovodagi Orgeyev shahri hokimi etib saylandi

Moldovalik tijoratchi Ilan Shor Orgeyev shahrining hokimi etib saylandi. Bu haqda RIA Novosti agentligining yozishicha, saylov byulletenlarining 92.21 foizi ko‘rib chiqilgan, ularning 60 foizida Shorga xayrixohlik bildirilgan.
Rossiyalik xonanda Jasminning turmush o‘rtog‘i bo‘lmish Ilan Shor Moldovaning uchta bankidan 1 mlrd dollarni Rossiyaga noqonuniy ravishda chiqarganlikda ayblanib qo‘lga olingan edi. Bu ish sudda ko‘rib chiqilmoqda. Ilan Shor Dufremol kompaniyasining bosh direktori hamda bir qancha kompaniyalarning xo‘jayinidir. Shuningdek, unga mahalliy “Milsami” futbol jamoasi tegishli.

Top