13:48 / 15.06.2015
1754

Zidan hali "Real"ni boshqarishga tayyor emasligini aytdi

"Kastilya" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hali "Real" boshqaruviga kelishga tayyor bo‘lmagani haqida aytib o‘tdi.

"Zidan - "Real" bosh murabbiyi" degan so‘z juda yaxshi jaranglaydi, albatta. Ammo hech qachon Anchelottining o‘rnini egallashim masalasi ko‘tarilmagan. Men "Kastilya"dagi ishimni davom ettirishni istayman. Chunki hali "Real"ni boshqarishga tayyor emasman.

Ammo shu bilan birgalikda murabbiy hech qachon biror ishga tayyor bo‘lmasligini ham aytish lozim.

Agarda dengizda havo yaxshi bo‘lishini kutib o‘tiraversang, hech qayoqqa suzib bora olmaysan. Men xotirjamman va o‘z yo‘limdan ketmoqdaman. Hamma narsaning o‘z vaqti bor", - deydi murabbiy.

Top