Jahon | 15:35 / 15.06.2015
1602
1 daqiqa o‘qiladi

“Fukusima-1” stansiyadan 100 km uzoqlikda joylashgan Totigi viloyati aholisi 15 mln dollar tovon puli talab qildi

Yaponiyadagi Totigi viloyatida istiqomat qiluvchi 7 ming kishi Tokyo Electric Power operatoridan 1.85 mlrd iyena (15 mln dollar) tovon puli talab qildi. Kiodo agentligining xabar qilishicha, “Fukusima-1” atom elektr stansiyasidan 100 km narida joylashgan viloyatda istiqomat qiluvchi ushbu da'vogarlar masalani suddan tashqari tartibda hal qilmoqchi.
Totigi prefekturasi Otavara, Nasusiobara va Nasu orollarini o‘z ichiga oladi. Ularda jami 218 mingdan ortiq aholi yashaydi. Shu orollarda yashovchi 7 128 kishining manfaatlarini himoya qilayotgan advokatlar, tovon pulidan tashqari, atom elektr stansiyasi halokatlari oqibatlarini bartaraf qilish va odamlarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun alohida pul ajratib berishni talab qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish