18:18 / 16.06.2015
1572

Apple yangiliklar xizmatiga jurnalistlar izlamoqda

Apple kompaniyasi o‘zining yangi Apple News yangiliklar xizmatiga jurnalistlarni ishga olayotganini e'lon qildi. Bu haqda The Financial Times nashri xabar bermoqda.

Apple muharrirlik jamoasi Financial Times, New York Times, The Guardian va The Economist kabi nashrlar bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.

Kompaniya yangiliklar bilan ishlashda tajribasi bor, “original, qiziq hikoyalarni yarata oladigan” jurnalistlarni ehtiyoj sezmoqda. Apple kompaniyasi ham mahalliy, ham global yangiliklar bilan ishlaydigan eng yaxshi mutaxassislar kerakligini aytmoqda.

Top