20:25 / 16.06.2015
2504

Britaniyalik aktyor Jon Xyortga saraton tashxisi qo‘yildi

Britaniyalik aktyor Jon Xyort o‘zining rasmiy bayonotida unda erta bosqichdagi oshqozonosti bezi saratonining tashxisi qo‘yilganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Daily Mail nashri.

Qo‘yilgan tashxisga qaramasdan, 75 yoshli aktyor ishini tashlash niyatida emasligini aytmoqda. “Men davolanmoqdaman va shifokorlar kabi hammasi yaxshi tugashiga ishonmoqdaman. Men hali ham bor diqqat-eʼtiborimni ishimga qaratganman va yaqinda “Bi-bi-si Radio 4” uchun “Jyeffri Bernard nosog‘lom” (taqdir hazilini qarang) p'yesasini yozaman”, deb aytdi Xyort.

Jon Xyort “Yalang‘och amaldor” (1975) va “Fil odam” (1980) filmlarida bosh rollarni, Garri Potter haqidagi filmlarda janob Ollivander, “Doktor Kto” serialida harbiy doktor rollarini ijro etgan. 2014 yilda dramatik san'at turi oldidagi xizmatlari uchun ritsarlik unvoni bilan taqdirlangan.

Top