Sport | 01:47 / 16.06.2015
2619
1 daqiqa o‘qiladi

Figurali uchish bo‘yicha 2018 yilgi Yevropa chempionati Moskvada o‘tkaziladigan bo‘ldi

Figurali uchish bo‘yicha 2018 yilgi Yevropa chempionati Moskvada o‘tkaziladigan bo‘ldi, deb xabar berilmoqda Konkichilar xalqaro ittifoqi rasmiy saytida.

Musobaqa 2018 yilning 15-21 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Avval Moskva Yevropa chempionatini 1965 yilda qabul qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish