16:07 / 16.06.2015
2719

Janna Friskening turmush o‘rtog‘i ularni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildirdi

Rossiyalik xonanda, bugun olamdan o‘tgan Janna Friskening turshmush o‘rtog‘i Dmitriy Shepelev oxirgi 1.5 yil davomida ularni moddiy va ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga o‘z minnatdorchigini bildirdi.

“Baxt tinchlikni yoqtiradi, takrorlar edik biz. Men o‘z so‘zlarimga sodiq qolaman, negaki Janna mening uchun mutlaq pokiza va betakror baxt bo‘lib qoladi. Biz sizlarsiz qiynalib qolardik, buni bilaman. Men barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman: Jannaning davolanishiga ehson qilganlarga, uning sog‘lig‘i uchun duo qilganlarga, u haqda o‘ylaganlarga, unga baxt va kuch-quvvat tilaganlarga. Bilib qo‘ying, oxirgi ikki yil sizlarning ko‘magingizsiz bo‘lmas edi. Rahmat”, – degan sharh qoldirdi u Feysbuk tarmog‘idagi sahifasida.
Janna Friske 16 iyun kuni 40 yoshida vafot etdi.

Top