Sport | 23:48 / 16.06.2015
1964
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 uchun saralash o‘yinlari doirasida Turkmaniston Eron bilan durang o‘ynadi

16 iyun kuni Turkmaniston terma jamoasi JCh-2018 uchun saralash o‘yinlari doirasida o‘z maydonida guruhdoshi Eronni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Dastlab, o‘yinning 4-daqiqasida Eron terma jamoasi hujumchisi Sardor Azmun hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda mezbonlar vakili Ruslan Mingazov hisobni tenglashtirdi. O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi.

"D" guruhning ikkinchi o‘yinida Hindistonni 2:1 hisobida mag‘lub etgan Guam terma jamoasi o‘z ochkolari sonini 6taga yetkazgan holda peshqadamlik qilmoqda. Guruhda 5ta jamoa bo‘lib, keyingi o‘rinlarda Ummon (3 ochko), Eron (1 ochko), Turkmaniston (1 ochko) va Hindiston (0 ochko) joylashishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish