Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurdlar IShIDning Suriyadagi asosiy o‘choqlaridan birini nazorat ostiga oldi
Kurdlarning harbiy birlashmalari Suriyaning Turkiya bilan chegarada joylashgan Tall al-Abyod shahrini nazorat ostiga oldi. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, ushbu shahar IShIDning yuk va jangarilarni transchegaraviy o‘tkazishga ixtisoslashgan muhim bazalaridan biri hisoblanadi.
Ta'kidlanishicha, kurd xalq mudofaa otryadlari endilikda Suriya-Turkiya chegarasining 400 km li uchastkasini nazorat qilmoqda.
Kurdlarning harbiy birlashmalari Suriya hududida IShIDga qarshi kurashayotgan yalyansning eng kuchli ittifoqdoshlari hisoblanadi. O‘z navbatida, Turkiya xalq mudofaa otryadiga faoliyati man qilingan Kurdiston ishchilar partiyasining harbiy qanoti sifatida qaraydi.