12:28 / 16.06.2015
3016

KXDR va O‘zbekiston uchrashuvini TVda hamda saytlarda translyatsiya qilishning imkoni yo‘qligi aytildi

Bugun, 16 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 13:00da Pxenyan shahrida JCh-2018 saralashi doirasija KXDR va O‘zbekiston uchrashuvi boshlanadi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu o‘yinni na televideniye orqali, na saytlarda matnli translyatsiya orqali kuzatishning imkoni bo‘lmaydi.

"Ushbu o‘yindan matnli translyatsiya olib borish imkoni yo‘q", deb ma'lum qilinadi UFF rasmiy tvitterida.

Shuningdek, SPORT telekanali xodimlarining ma'lum qilishiga ko‘ra, o‘yin jonli ravishda olib berilmaydi. Bunga sabab sifatida KXDRning yopiq davlat ekanligi va hech qanday signal yo‘qligi ko‘rsatilgan. 

O‘z navbatida, SPORT TV JCh-2018 saralashi doirasida O‘zbekistonning qolgan o‘yinlarini olib berishni rejalashtirgan.


Top