Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Qozog‘iston bosh vazirini 50 yoshlik tavallud ayyomi bilan tabrikladi
15 iyunda Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov o‘zining 50 yillik tavallud ayyomini nishonladi. Rossiya bosh vaziri birinchilardan bo‘lib Masimovni bu yubiley sana bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
K.Masimov va D.Medvedev ushbu munosabat bilan telefonda so‘zlashib, so‘z orasida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi shaklidagi o‘zaro aloqalarni yana bir bor muhokama qilishdi.
Karim Masimov Qozog‘iston siyosatidagi nufuzli shaxslardan hisoblanadi. U ikki bor Qozog‘iston Vazirlar Mahkamasiga boshchilik qilgan va aprelning oxirida bu lavozimga uchinchi muddatga qayta tayinlandi.
Karim Masimov 1965 yil 15 iyunda Tselinogradda dunyoga kelgan. U juda ko‘plab, jumladan Rossiyadagi Patris Lumumba nomidagi Xalqlar do‘stligi universitetini, Pekindagi Pekin madaniyat va tillar instutini va yana bir qancha nufuzli ta'lim dargohlarini tamomlagan. Masimov bir necha yillardan beri ko‘plab yuqori davlat lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.