Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mutko Kapelloning Rossiyadagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelinganini bildirdi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapelloning kelgusida terma jamoada faoliyat olib borilishi bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lingan. Bu haqda TASS Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko bergan ma'lumotga tayanib xabar bermoqda.
«Yashirmayman, biz bu borada bir qarorga kelib bo‘lganmiz. Ammo bizda RFI ijroqo‘mi va Rayosati bor. O‘ylashimcha ulardan biri bu masalani tez orada ko‘rib chiqadi», deydi Mutko.
Shuningdek, u terma jamoaning keyingi boshqaruvi borasidagi va boshqa barcha masalalar joriy oy oxiriga qadar hal bo‘lishini bildirib ta'kidladi.