Jahon | 23:55 / 16.06.2015
3893
2 daqiqa o‘qiladi

NATO Bosh kotibi Putinning Rossiya yadroviy kuchlarining kuchaytirilishi haqidagi so‘zlarini “xavfli” deb atadi

NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaning yadroviy kuchlarini kuchaytirish haqidagi qarorini tanqid qildi.

“Rossiyaning bu jangovor ruhdagi nutqi oqlanmagan va xavflidir hamda barqarorsizlantiruvchi ahamiyat kasb etadi... Biz Prezident Vladimir Putindan eshitgan gaplar Rossiya yetarlicha uzoq vaqtdan beri amal qilib kelayotgan xatti-harakatni tasdiqlaydi”, deb aytdi Stoltenberg Bryusseldagi matbuot-anjumanida.

Stoltenbergning aytishicha, Sharqiy Yevropa davlatlarida NATOning qo‘shimcha kuchlarining yoyilishi Rossiyaning Ukraina atrofidagi harakatlari sababli amalga oshirilgan.

“Biz yangi o‘zgargan xavfsizlik arxitekturasiga, Rossiyaning Ukrainadagi shiddatli xatti-harakatiga javob tariqasida alyansning sharqiy qismidagi harbiy joylashuvimizni oshirmoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilmoqda Stoltenberg.

Stoltenberg NATOning barcha harakatlari alyansning xalqaro majburiyatlari va kelishuvlariga to‘liq mos kelishini ta'kidlab o‘tdi.

16 iyun kuni Vladimir Putin “Armiya-2015” xalqaro harbiy-texnik forumining ochilishida so‘zlagan nutqida joriy yilda Rossiya yadroviy kuchlari tarkibi istalgan, hattoki eng takomillashgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini chetlab o‘ta oladigan 40 dan ortiq qit'alararo ballistik raketalar bilan to‘ldirilishini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish