Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 10:03 / 16.06.2015
3409
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko xavfsizlik xizmati boshlig‘ini ishdan bo‘shatishi mumkin
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko xavfsizlik xizmati boshlig‘i Valentin Nalivaychenkoni lavozimidan chetlashtirish niyati borligini tan oldi. Bu haqda “Ukrainskaya pravda” nashri xabar bermoqda.
“Pyotr Poroshenko bloki” fraksiyasining yig‘ilishida chiqish qilgan mamlakat rahbari Nalivaychenkoning mansabdan ketishga tayyorligini, shuningdek, unga tashqi razvedka xizmatiga rahbarlik qilish taklif etilganini aytib o‘tdi.