Jahon | 15:06 / 16.06.2015
2205
2 daqiqa o‘qiladi

Putin “Armiya-2015” xalqaro anjumani ochilishida ishtirok etadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 16 iyun kuni “Armiya-2015” xalqaro harbiy-texnika anjumani ochilishida ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Putin harbiy sohadagi innovatsion ishlarmalar ekspozitsiyasini ko‘rib chiqadi va videokonferents aloqa rejimida ilmiy rotalarda tayyorgarlik va harbiy xizmatdan o‘tayotgan N.E.Bauman nomidagi Moskva Davlat texnika universiteti va Sibir federal universiteti talabalari bilan suhbatlashadi”, deyiladi xabarda.

“Armiya-2015” Birinchi xalqaro harbiy-texnik anjumani 16-19 iyun kunlari yangi “Patriot” anjuman-ko‘rgazmalar markazi bazasida o‘tkaziladi.

Prezident matbuot xizmatida ma'lum qilinganidek, Rossiya Mudofaa vazirligi birinchi marta harbiy, harbiy-sanoat va ilmiy-ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yurituvchi xorijiy hamkorlarni jalb qilgan holda bunday miqyosdagi tadbirni o‘tkazmoqda. Bunda asosiy e'tibor ilmiy hamkorlik va ikki maqsadli yangi ishlanmalarga qaratilmoqda: 50ta tematik klasterda Rossiya harbiy-sanoat majmuasining ekipirovka va kiyinish tartibidan boshlab tibbiy va aerokoinot texnologiyalarigacha sohalaridagi 5 mingga yaqin turli ishlanmalar namoyish etiladi.

Anjumanning ilmiy-ishbilarmonlik dasturi doirasida 80ga yaqin brifinglar, davra suhbatlari va anjumanlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Ularda harbiy-texnik hamkorlikning asosiy masalalari va rivojlanishning innovatsion sohasida ilmiy-texnik asosni yaratish muhokama qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish