Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonlik futbolchi Avstraliya darvozasiga Maradona uslubida gol urdi
16 iyun kuni 2018 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida Qirg‘iziston terma jamoasi Bishkekda Avstraliya termasini qabul qildi.
O‘yinning 2 daqiqasidayoq avstraliyaliklar sardori Yedinak jarima zarbasidan to‘p kiritib, hisobni ochgan. 67 daqiqada Oar hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirgan.
O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa mezbonlar vakili Almazbek Baymatov hisobni qisqartiruvchi golga mualliflik qildi. U bu vaziyatda o‘tmishning mashhur futbolchisi Diyego Armando Maradona 1986 yilda Angliya terma jamoasi darvozasiga urgan golni takrorladi. U ham qanotdan uzatilgan to‘pni qo‘llari yordamida darvozaga joylab qo‘ydi.