Jahon | 18:20 / 16.06.2015
4664
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya armiyasi yana 40ta qit'alararo ballistik raketaga ega bo‘ladi

2015 yili Rossiya armiyasi ixtiyoridagi qurollar safiga 40ta yangi qit'alararo ballistik raketalar qo‘shiladi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Armiya-2015” xalqaro harbiy-texnik forum ochilishidagi ma'ruzasida aytib o‘tdi.

“Joriy yilda yadroviy kuchlar tarkibini 40ta yangi qit'alararo ballistik raketa to‘ldiradi. Ular har qanday, hatto texnik jihatdan eng mukammal raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini yengib o‘ta oladi”, – uning so‘zlarini keltiradi Interfaks.
Shuningdek, Rossiya yetakchisi yangi radiolokatsion tizimning sinovga tayyorlanayotganini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, joriy yildan boshlab sharqiy yo‘nalish uchun ham radiotarmoq yaratila boshlanadi.
Putinning fikricha, forumda ko‘rsatilgan harbiy robotlar va tizimlar namunalari ko‘p jihatdan Rossiya qurolli kuchlari kelajagini belgilab beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish