23:30 / 16.06.2015
4227

Rossiya bosh onkolog shifokori Janna Friskening hayotini saqlab qolishning hech qanday iloji bo‘lmaganini aytdi

Moskvada joylashgan Rossiya onkologik markazining bosh shifokori Mixail Davidov Janna Friske yashab ketishining hech qanday iloji bo‘lmaganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “MK” nashri.

“Afsuski, bunday tashxis bilan Janna Friskening yashab ketishi noiloj edi. Bunday tashxis qo‘yilgan odam uzog‘i bilan bir yarim yil yashashi mumkin”, deb aytdi Davidov.

Davidovning aytishicha, hech qayerda bunday kasallikni davolashning imkoni mavjud emas.

Xonanda va artist Janna Friske bosh miya saraton kasalligiga yo‘liqqanidan keyin 16 iyunga o‘tar kechasi 41 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Top