Jahon | 19:25 / 16.06.2015
5143
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Yevropada F-22 qiruvchi samolyotlarining joylashtirilishiga tegishlicha javob berishga tayyor

Rossiya Yevropada, xususan Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yi davlatlarida ko‘p maqsadli F-22 qiruvchi samolyotlarining joylashtirilishiga tegishlicha javob berishga tayyor. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.

“Biz bunga munosib ravishda javob beramiz. Birinchidan, biz qanday harakatlar qabul qilinishiga Rossiya milliy xavfsizligiga qanday xavf tug‘ilishiga qarab tegishlicha javob beramiz”, deb aytdi Antonov.

Avvalroq AQSh Yevropada F-22 Raptor qiruvchi samolyotlarini joylashtirishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish