18:41 / 16.06.2015
4112

Samarqand viloyatining Nurobod va Kattaqo‘rg‘on tumanlarida bosh militsionerlar o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida bir qancha lavozimlarga yangi tayinlanishlar bo‘ldi. Bu haqda «Postda» gazetasi xabar bermoqda.

Jumladan, podpolkovnik Zokir Latipovich Suvonqulov Samarqand viloyati Nurobod tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Abdurahmon Hakimovich Husenov Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, mayor Anvar Botirovich Xo‘jamurodov Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi qo‘riqlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga, mayor Xayrullo Alisher o‘g‘li Bo‘stonqulov  Transportdagi IIB Andijon temir yo‘l bekatidagi tarmoq IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Top