Jahon | 18:14 / 16.06.2015
2892
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada oxirgi 100 yil ichidagi eng qattiq qurg‘oqchilik hukm surmoqda

Shimoliy Koreyada oxirgi 100 yil ichidagi eng qattiq qurg‘oqchilik hukm surmoqda. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.

Agentlikning xabarida qayd etilishicha, qurg‘oqchilik mamlakatdagi oziq-ovqat yetishmovchiligi muammosini yanada og‘irlashtirmoqda. Yog‘ingarchilik yo‘qligi sababli mamlakatdagi barcha plantatsiyalar, shu jumladan guruch maydonlari qaqrab ketmoqda.

“Shimoliy Koreyada oxirgi 100 yil ichidagi eng dahshatli qurg‘oqchilik davom etmoqda va qishloq xo‘jaligiga katta ziyon keltirmoqda”, deb ta'kidlamoqda agentlik.

BMTning Shimoliy Koreyadagi doimiy koordinatori o‘tgan oyda qurg‘oqchilik bo‘lishi prognoz qilinganini aytib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish