16:47 / 16.06.2015
1587

Sinisha Mixaylovich rasman "Milan" jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

"Milan" rasmiy saytida Sinisha Mixaylovich jamoa bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berildi.

Ushbu 46 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolangan.

Qayd etish joiz, 16 iyun kuni Filippo Inzagi "rossonerilar" boshqaruvidan ketgani haqida rasman ma'lum qilinganidan keyin, Mixaylovich uni almashtirdi.

Inzagining jamoa bilan shartnomasi 2016 yilning yozigacha tuzilgandi. Ammo u birinchi mavsumida "Milan" bilan "A" seriyada 10-o‘rinni egalladi va jamoani yevrokuboklarga olib chiqa olmadi.

O‘z navbatida, Sinisha Mixaylovich yakunlangan mavsumda "Sampdoriya" bilan turnirni yettinchi o‘rinda yakunladi.

Top