23:51 / 16.06.2015
1746

Tbilisidagi toshqinlarda halok bo‘lganlar soni 19 kishiga yetdi

Tbilisida ro‘y bergan kuchli suv toshqini paytida halok bo‘lganlar soni 19 kishiga yetdi. Bu haqda 16 iyun kuni Gruziya hukumati huzuridagi favqulodda vaziyatlarni boshqarish kengashi tarqatgan xabarda ma'lum qilinmoqda.

Xabarda 17 kishi halok bo‘lgani va yana 2 kishining shaxsi aniqlanayotgani aytilmoqda. Ulardan biri “Mziuri” bog‘i hududida topilgan, ikkinchi jasad esa Kura daryosi oqimi bilan Gruziyaning Gardaban tumaniga olib ketilgan.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 6 kishi bedarak yo‘qolgan.

Tbilisida toshqin 14 iyunga o‘tar kechasi yuz berdi. Ko‘plab uylar, Tamaz Elizbarashvilining itlar uchun xususiy boshpanasi, shahar infrtuzilmasi suv ostida qolib ketdi. Hayvonot bog‘idagi jonzotlardan yarmidan ko‘pi halok bo‘lgan.

Top