Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Golos» teleloyihasi uchun kasting o‘tkaziladi
Toshkentda Rossiyaning «Golos» teleloyihasida ishtirok etish uchun kasting bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Myday.uz internet nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, loyihada ishtirok etishni istovchilarni ro‘yxatga olish 2015 yilning 27 iyun kuni «Face Catalog Uzbekistan» kasting markazida bo‘lib o‘tadi.
Kastingda ishtirok etish uchun ishtirokchi o‘zining ovozi yozilgan yoki videoga olingan fayl diskka yoki flesh-kartaga yozib tashkilotchilarga topshirilishi kerak bo‘ladi. Video oddiy mobil telefon yoki veb-kamera orqali yozib olinishi ham mumkin.
Kastingda ishtirok etishni istagan 17 yoshdan oshgan barcha o‘zbekistonliklar Toshkent shahridagi «O‘zbekfilm» kinostudiyasida joylashgan mazkur kasting markaziga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.