19:03 / 16.06.2015
1614

Vrotslav shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar 4ta medal olishdi

Polshaning Vrotslav shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik yosh sportchilar uchta kumush va bitta bronza medalni qo‘lga kiritdi. 

Vazni 63 kilogrammgacha bo‘lgan atletlar o‘rtasidagi bahslarda qatnashgan umidli sportchi, II o‘smirlar Olimpiadasi bronza medal sovrindori Adham Ergashev uchta kumush medalni qo‘lga kiritgandi. 

Uning muvaffaqiyatli ishtirokini yana bir o‘zbekistonlik yosh atlet Davron Kenjayev (105 kg) munosib davom ettirdi. U shtangani dast ko‘tarishda 173 kilogramm og‘irlikni o‘ziga bo‘ysindirib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. U shtangani siltab ko‘tarishda 195 kilogramm, ikkikurash yakuniga ko‘ra, 368 kilogramm natija qayd etdi.


Top