Texnologiya | 07:36 / 16.06.2015
1913
1 daqiqa o‘qiladi

Xbox One konsoli Xbox 360 dan o‘yinlarni yuklashga imkon beradi

Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tgan E3 anjumanida Microsoft kompaniyasi Xbox 360 o‘yin pristavkasi uchun chiqarilgan o‘yinlarni Xbox One`da ham yuklash mumkinligini e'lon qildi. Bu qarorni kompaniya o‘zining Twitter`dagi mikroblogida ham chop etdi.

Xbox preview dasturi ishtirokchilari bu yangi imkoniyatdan 15 iyundan boshlab foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Qolgan foydalanuvchilar esa bu imkoniyatdan AQShdagi kelayotgan yaqin bayramlardan keyin, ya'ni taxminan 4 iyuldan keyin foydalanishlari mumkin.

Yangi pristavka uchun Xbox 360 dan qancha o‘yin yuklanishi mumkinligi e'lon qilinmadi. Shu bilan birga sotib olingan o‘yinlar uchun to‘lov olinmaydi, foydalanuvchilar ularni yangi pristavkaga o‘zlarining profillari ostida yuklashlari kerak bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish