15:43 / 16.06.2015
3043

Xitoy eng uzun temir yo‘l yo‘nalishini ishga tushirdi

XXRda dunyodagi eng uzun tovar poyezdi yo‘nalishini ishga tushurildi. Bu yo‘nalish mamlakat shimoli-sharqida joylashgan Xarbin shahrini Germaniyadagi Gamburg shahri bilan bog‘laydi

Poyezd haftasiga bir marotaba yuradi. Reysning uzunligi 15 kunni tashkil qiladi, bu vaqt ichida 9.8 ming km masofa bosib o‘tiladi. Poyezd Rossiya va Polsha hududlaridan o‘tadi. Xitoy-Mo‘g‘uliston hamda Belarus-Polsha chegaralarida poyezd yo‘l izining turli shaklda ekanligi bois g‘ildiraklarni almashtirishga majbur bo‘ladi.
Xitoy va Germaniyani bog‘laydigan avtomobil va dengiz yuk tashish yo‘llari o‘rtacha bir oy vaqtni oladi. Ya'ni, ishga tushirilgan Xarbin-Gamburg poyezd yo‘nalishi vaqtni ikki barobar tejashga imkon beradi.

Top