Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning Jichjao shahrida Markaziy Osiyo logistika parki yaratiladi
16 iyunda Xitoyning sharqiy qismidagi Shandun provinsiyasining dengiz bo‘yida joylashgan Jichjao shahrida Markaziy Osiyo logistika parki yaratilishi e'lon qilindi. Bu markaz “Jichjao porti” uyushmasi va O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston korxonalari bilan birgalikda quriladi. Parkning ustav kapitali 60 mln yuanni (10 mln dollarga yaqinni) tashkil qiladi.
Xabar berilishicha, 120 ming kv metrni egallaydigan ushbu park boj to‘lovisiz saqlash, xalqaro logistika, tranzit tashishlar, import-eksport va tranzit savdo va boshqalar sohasida xizmatlar ko‘rsatadi.
O‘tgan yili Jichjao shahrining Ipak yo‘li iqtisodiy kamari va 21-asr dengiz Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan davlatlar bilan tovar aylanmasi 7,66 mlrd dollarni, ya'ni shahar tashqi savdo hajmining 22 foizini va o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 13,7 foiz ko‘proqni tashkil qildi.
Shu kuni Jichjaoda Markaziy Osiyo kemachilik va savdo markazi – Xitoydagi Markaziy Osiyo davlatlariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan birinchi davlat muassasasi ochildi. Loyihaga kiritilgan umumiy investitsiyalar 300 mln yuanni tashkil qildi.