Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada issiq harorat tufayli bir hafta ichida 780 kishi shifoxonaga yotqizildi
Yaponiyaning bir qator prefekturalaridagi havo haroratining keskin oshib ketishi natijasida bir hafta ichida 780ga yaqin odam shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Yaponiya o‘t o‘chirish boshqarmasi 8-14 iyun kunlariga oid ma'lumotlarni oshkor etdi. Ularga ko‘ra, havo harorati ta'sirida tez yordamga murojaat qilish holatlari asosan Osaka, Tokio shaharlari hamda Saitama, Xyogo, Aiti prefekturalarida kuzatilgan.
Ayni paytda havo harorati barqarorlashib, mamlakatning ko‘p hududlarida yog‘ingarchilik boshlangan. Bosh metereologiya agentligining ma'lumotlariga qaraganda, yog‘ingarchilik tezligi soatiga 50 mm ni tashkil qilishi mumkin. Ayrim prefekturalarda o‘pirilishlar va sellar kuzatilishi mumkin.