Jamiyat | 06:57 / 17.06.2015
1746
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh xayriya jamg‘armalari 2014 yilda rekord darajadagi 360 mlrd dollarni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi

AQShda 2014 yilda xayriya maqsadlari uchun rekord darajadagi 360 mlrd dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘lindi, db xabar bermoqda The Cronicle of Philantrophy nashri.

Bunday raqamlar Giving USA tashkilotining har yilgi hisobotida keltirildi.

Bu ko‘rsatkich xayriya tashkilotlari bozori monitoring qilingan oxirgi 60 yil ichidagi rekord darajadagi mablag‘ bo‘ldi.

2014 yilda amerikaliklar tomonidan xayriya maqsadlari uchun yo‘naltirilgan mablag‘lar hajmi 2013 yilga nisbatan 7 foizga oshdi va 2007 yildan beri rekord daraja qayd qilindi. 2007 yilda xayriya tarzida 339 mlrd dollar yig‘ilgan edi.

Qayd etilishicha, alohida odamlar tomonidan 258 mlrd dollar, firma va korporatsiyalar tomonidan 17 mlrd dollar xayr-ehson qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish