16:25 / 17.06.2015
1878

AQShda balkonning qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Kaliforniya shtatida joylashgan Berkli shahridagi to‘rt qavatli binoning balkonlaridan buzilib, tushib ketdi, deb xabar beradi Fox News telekanali.
Fojia 5 kishini hayotdan olib ketgan, yana 8 kishi jarohatlangan. Mahalliy politsiya vakili Jyennifer Koutsning so‘zlariga qaraganda, jarohatlanganlarning aksariyati og‘ir ahvolda.
Balkonda Kaliforniya universiteti yaqinida bir guruh yoshlar bir talabaning 21 yoshga to‘lishini nishonlayotgan edi. Voqeaning boshqa tafsilotlari surishtirilmoqda.

Top