Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arturo Vidal o‘z "Ferrari"sida avtohalokatga uchradi
Chili terma jamoasi yarim himoyachisi Arturo Vidal avtohalokatga uchradi. Bu haqida Marca xabar qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, uning yonida rafiqasi ham bo‘lgan va ular kazinodan qaytayotgan bo‘lishgan. Voqea Chili poytaxti Santyago shahridan 40 km uzoqlikda sodir bo‘lgan.
Futbolchining "Ferrari" rusumli mashinasi ikkita avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. Bu paytda rulni Vidalning rafiqasi boshqargani aytildi.
Avtohalokatda futbolchiga jiddiy zarar yetmagani aytilmoqda. U va rafiqasi shifoxonaga olib ketilgan.
Eslatib o‘tamiz, Vidal ayni vaqtda Chili terma jamoasi bilan Amerika Kubogi-2015 turnirida ishtirok etayotgandi.