Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya va Xitoy erkin savdo haqida kelishuvni imzoladi
Avstraliya va Xitoy ko‘p yillik muzokaralardan so‘ng erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda France-Presse agentligi Tvitterdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
“Bu ikki mamlakat uchun muhim tarixiy kundir. Bu bizning mamlakatlarimizni yaxshi tomonga o‘zgartiradi, mintaqamizni yaxshi tomonga o‘zgartiradi, dunyomizni yaxshi tomonga o‘zgartiradi”, – deb ta'kidladi Avstraliya bosh vaziri Toni Ebbot.
Uning fikriga ko‘ra, kelishuv Xitoy va Avstraliyaga bir-birining bozoriga yo‘l ochib beradi.
Hujjat Kanberrada Avstraliya savdo vaziri Andryu Robbning Xitoy tijorat vaziri Gao Xucheng bilan uchrashuvi chog‘ida imzolandi.
Xitoy Avstraliyaning eng yirik savdo hamkori bo‘lib, ularning yillik umumiy tovar aylanmasi 123 mlrd dollarni tashkil qiladi.