19:13 / 17.06.2015
4896

Donald Tramp AQSh prezidentligiga saylansa, Putin bilan do‘st bo‘lishini aytdi

AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri bo‘lgan milliarder Donald Tramp agar prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan taqdirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan iliq munosabatlarni qurishga tayyor ekanini bildirib o‘tdi. Bu haqda Deadline nashri xabar tarqatdi.

«Garov bog‘lashim mumkin, mening Putin bilan aloqalarim yaxshi bo‘ladi. Hamma gap yetakchilikda», deydi Tramp.

Oldinroq Tramp "IShID" terrorchilik guruhiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zining rejalari bilan o‘rtoqlashgandi.

Top