19:01 / 17.06.2015
3084

Donald Tramp "IShID"ga qarshi kurashish bo‘yicha rejasi borligini ma'lum qildi

AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri bo‘lgan milliarder Donald Tramp "IShID" terrorchilik guruhiga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zining rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz "IShID"ni yengishimiz mumkin, agar ularning barcha boyliklarini qo‘lga kiritsak. Neftni qo‘lga kiritsak. Agar biz shunchaki neftga egalik qilsak, ularning hech vaqosi qolmaydi».

«Ularning ustiga yurish va bombardimon qilish zarur bo‘ladi. Shundan keyin Mobil va shu kabi qator yirik neft kompaniyalarini butunlay bo‘shatib tashlash kerak. Faqatgina neftni butunlay ulardan tortib olib, ularni hech narsasiz qoldirish mumkin», deya prezidentlikka nomzod Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Deadline nashri.

Top