Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada ekologiya vaziri fuqarolarni Nutella mahsulotlaridan voz kechishga chaqirdi
Fransiya ekologiya vaziri Segolen Ruayal fuqarolarni Nutella shokolad pastasini iste'mol qilishdan voz kechishga chaqirdi.
Uning tarkibidagi palma yog‘ini olish uchun ko‘plab daraxtlarni kesishga to‘g‘ri keladi, bu esa iqlim o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. Bu haqda Ruayal xonim Canal+ning Le Petit Journal dasturi efirida ma'lum qilgan.
Vazir ushbu mahsulotning o‘rnini bosadigan desert topishni tavsiya qildi. Ushbu mahsulot keng shuhratga ega bo‘lgani uchun, undan voz kechish oson bo‘lmaydi.
Fransiya Nutella iste'mol qilish bo‘yicha dunyo bo‘yicha ikkinchi (Germaniyadan keyin) turadi. Yiliga mamlakatda 100 mln banka shokolad pastasi sotib olinadi.