07:39 / 17.06.2015
2505

iBall mSLR Cobalt4: asosiy kamera uchun almashtiriluvchi optikaga ega smartfon

iBall kompaniyasi turli sharoitlarda suratga olish uchun turli obektivlarni o‘rnatish imkoniyatini beruvchi mSLR Cobalt4 smartfonini taqdim qildi.

Smartfon korpusining orqa tomonidagi kamera 8 Mp li matritsa va ikkilangan svetodiod vspishka bilan jihozlangan. Qurilma foydalanuvchilari to‘rtta obektivdan foydalanishlari mumkin: 8-karralik zumga ega optika, to‘g‘rilanmagan “baliq ko‘zi” distorsiyali o‘ta keng burchakli obektiv, makro-obektiv va ko‘rish maydoni 130 gradus burchakni tashkil qiladigan obektiv. Smartfonning oldida 3,2 Mpli kamera o‘rnatilgan.

Smartfon 1,33 Gts li to‘rt yadroli protsessorda ishlaydi. Tezkor xotira 1 Gbaytni, flesh-modul xotirasi 8 Gbaytni tashkil qiladi (microSD kartasi hisobiga oshirilishi mumkin).

Smartfon qHD (960×540 nuqta) ko‘rsatish qobiliyatiga ega 5 dyuymli displey bilan jihozlangan. Qurilmada Wi-Fi 802.11b/g/n va Bluetooth 4.0 simsiz aloqa modullari, GPS yo‘ldoshli navigatsiya tizimi qabul qilgichi, akselerometr, yaqinlashish va yorug‘langanlik datchiklari o‘rnatilgan. Smartfon 2000 mA•soat hajmga ega akkumulyator batareyasidan quvvatlanadi.

Smartfonda Android v4.4 (KitKat) operatsion tizimi o‘rnatilgan. Smartfonga GSM va WCDMA tarmoqlarida ishlash uchun ikkita SIM-karta o‘rnatish mumkin.

Smartfonni 120 yevro atrofida sotib olish mumkin.

Top