Texnologiya | 10:06 / 17.06.2015
1637
2 daqiqa o‘qiladi

Irlandiyada Beeline‘ning ovozli va GPRS-roumingi kengaymoqda

Beeline aloqa operatori rouming geografiyasi kengaygani haqida xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Vodafone kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan. Buning natijasida abonentlar Irlandiyada ovozli GPRS-roumingdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

“Irlandiya – sayyohlar soni u yerdagi aholi sonidan bir yarim barobar ko‘p bo‘lgan xushmanzara mamlakat. Endilikda abonentlarimiz o‘zlari uchun ushbu mamlakatni ochar ekanlar, ishonchli ovozli internet roumingdan foydalanishlari mumkin. Chet eldagi yirik operatorlar bilan hamkorlikni rivojlantirgan holda va aloqa sifatini yaxshilash uchun innovatsion yondashuvlarni qabul qilib, Beeline butun dunyo bo‘ylab roumingni kengaytirishda davom etmoqda”, deydi Unitel‘ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev.

Eslatib o‘tamiz, Beeline 2010 yildan beri O‘zbekistonda birinchi raqamli rouming-operator hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek ovozli rouming (185ta mamlakatda 493ta operator), GPRS-rouming (160ta mamlakatda 362ta operator) va CAMEL-rouming (102ta mamlakatda 222ta operator) segmentlarida ham yetakchilik qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish