Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliningradda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati garajiga Germaniya bayrog‘ini osib qo‘ygan erkaklar bir yilga ozodlikdan mahrum etildi
Kaliningrad markaziy tuman sudi Rossiya Federal xavfsizlik xizmati garaji binosiga Germaniya bayrog‘ini osib qo‘ygan uch erkakka nisbatan bir yilga ozodlikdan mahrum etish hukmini chiqardi.
“Barcha uch fuqaro Rossiya Jinoyat kodeksining 2-moddasi (Oldindan til biriktirgan holda bir guruh shaxslar tomonidan amalga oshirilgan bezorilik) bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildilar. Ulardan biri Jinoyat kodeksining 1-moddasi (Portlovchi moddalar olib yurish) bo‘yicha ham aybdor deb topildi”, deb xabar bermoqda viloyat sudi matbuot xizmati.
Sud qarori bilan 25 yoshli Oleg Savvin va 25 yoshli Dmitriy Fonarevga 1 yilu 1 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlaydi. Jinoyat kodeksining 2 ta moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan 42 yoshli Mixail Feldman 1 yilu 1 oy va yana 23 kunga ozodlikdan mahrum etildi.
Ayblanuvchilar tergov izolyatorida ularga chiqarilgan jazo muddatidan ko‘proq vaqt o‘tkazganlari sababli sud zalining o‘zidan ozod etib yuborildilar.
Ma'lum qilinishicha, ayblanuvchilar 2014 yil 11 mart kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Kaliningrad viloyati bo‘yicha boshqarmasiga tegishli garaj binosida Germaniya bayrog‘ini ilib qo‘yishgan.