17:57 / 17.06.2015
2247

Klint Dempsi hakamning qaydlar daftarchasini yirtib tashlagani uchun o‘yindan chetlatildi

AQSh terma jamoasi va «Siettl Saunders» klubi futbolchisi Klint Dempsi o‘yin paytida hakamning qaydlar daftarchasini yirtib tashlagani uchun o‘yindan chetlashtirildi, deb yozmoqda Lockerdome internet nashri.

Manbaning qayd etishicha, mazkur mojaroli vaziyat mamlakat kubogi doirasidagi «Siettl» va «Portlend» jamoalari uchrashuvi paytida sodir bo‘lgan. Yarimhimoyachi hakamning navbatdagi qaroridan norozi bo‘lgan va uning yoniga yaqinlashib cho‘ntagidagi qaydlar daftarchasini olib uni yirtib tashlagan. Mazkur ishdan keyin hakam unga qizil kartochka ko‘rsatgan.

Uchrashuvni «Saunders» yetti kishi bo‘lib yakunlagan. Uch nafar futbolchi qizil kartochka olib va yana bir nafari jarohat olib o‘yinni oxiriga qadar davom ettira olmagan. Natijada jamoa 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Top