11:09 / 17.06.2015
3095

Kurskda o‘zbekistonliklar o‘tirgan mashinaning ta'qib qilinishi bolaning o‘limi bilan yakunlandi

Rossiyaning Kursk viloyatidagi Korenevsk tumanida mudhish hodisa ro‘y berdi. Voqea tafsilotlarini Kursktv.ru portaliga mahalliy Glushkov tuman tergov boshqarmasi rahbari Dmitriy Ojgixin aytib berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, Ukrainadan Rossiya hududiga soxta davlat raqamlariga ega Jeep Grand Cherokee rusumli mashina qonunga xilof ravishda kirib kelgan. Salonda, haydovchidan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmish erkak, ayol va uning 6 yoshli o‘g‘li bo‘lgan. Ular Rossiyada qolishi, mashinaga esa ikkita afrikalik minib, Ukrainaga ketishi lozim edi.

Ammo bu ishlarni payqagan chegarachilar mashina ortidan quva ketgan va o‘t ochgan. O‘qlardan biri bolaga tekkan. Bola voqea joyida halok bo‘lgan. Qolganlar qo‘lga olingan.

Top