Sport | 20:00 / 17.06.2015
2914
2 daqiqa o‘qiladi

«Mash'al»ning estoniyalik legioneri O‘zbekistonda futbolchilarga Estoniyadagidan 2-3 marta ko‘proq to‘lanishini aytdi

Muborakning «Mash'al» klubining estoniyalik hujumchisi Vladislav Ivanov mahalliy nashrga bergan intervyusi chog‘ida O‘zbekistonda futbolchilarga to‘lanadigan maosh va Oliy Liga jamoalari saviyasi borasida gapirib o‘tdi.

«O‘zbekiston chempionati jamoalari Estoniya klublaridan moliyaviy jihatdan katta farq qiladi. U yerda Estoniyaga qaraganda 2-3 baravar ko‘p maosh to‘lashadi. Chempionat o‘yinlaridagi har bir g‘alaba uchun ham yirik mukofot pullari beriladi. Estoniyada bunday mukofot pullarini faqatgina yevrokuboklarda muvaffaqiyat qozongandagina berishlari mumkin».

29 yoshli futbolchi chempionat saviyasi haqida gapira turib, bir qator o‘zbek klublari Rossiya chempionati darajasida ekanini ta'kidlab o‘tdi.

«O‘zbekiston chempionati yaxshi darajaga ega. Meni nazarimda, bir qator klublar Rossiya premer-ligasida ham yo‘qolib qolmagan bo‘lardi», deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Delfi nashri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish