Jahon | 16:11 / 17.06.2015
2040
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada imomlarni "IShID"ga qarshi tayyorlash bo‘yicha darslar o‘tilmoqda

Moskva islom institutida 300dan ortiq imomlar uchun 2015 yilning boshidan buyon "IShID" terrorchilik oqimiga qarshi tayyorlash bo‘yicha maxsus darslar o‘tib kelinmoqda. Bu haqda «Izvestiya» nashri xabar tarqatdi.

«Mashg‘ulotlar davomida imomlar uchun intizom bo‘lishi kerak. Chunki bunday og‘riqli mavzuda so‘zlaganda bir qator radikal kayfiyatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamlarni ham hisobga olish kerak. Shu sababdan bir masjid xodimlari uchun yoshlar bilan qanday gaplashishlari bo‘yicha tayyorgarliklar olib bormoqdamiz. Albatta mashg‘ulotlar davomida asosan "IShID" haqida so‘z boradi. Biz bunga islom tarixi va ilohiyoti orqali yondashmoqdamiz», deydi institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Rais Izmaylov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2015 yilda 300dan ortiq imomlar qayta tayyorlov kursidan o‘tishgan. 2014 yilda bu ko‘rsatkich 200 nafarni tashkil qilgandi.

«Biz islom tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu kabi dinni buzish, undan boshqa maqsadda foydalanish payg‘ambar yoki xalifalarda ham yo‘q edi. Garchi ularning mavqei yuqori bo‘lishganiga qaramay. Shunday ekan biz yoshlarimizni islom tarixiga e'tibor berishlarini ta'minlashimiz kerak», deya Izmaylovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Izvestiya».

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish