Jahon | 17:51 / 17.06.2015
3414
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada yo‘l harakati inspektori 510 ming rubl porani olmadi

Moskva davlat yo‘l harakati inspeksiyasi xodimi “TK-Avtotex” kompaniyasining yuk tashish mashinalarini maxsus ruxsatnomasiz Moskva halqa yo‘lidan o‘tkazish uchun berilgan 510 ming rubl porani olmadi. Bu haqda “Moskva” axborot agentligi xabar berdi.

“Kompaniya bosh direktori Igor Postoronke yuk tashish mashinalarini maxsus ruxsatnomasiz Moskva halqa yo‘lidan o‘tkazish uchun inspeksiya xodimiga 510 ming rubl miqdoridagi to‘lovni taklif qildi. Keyinchalik o‘z jinoiy maqsadini amalga oshirish uchun gumondor ko‘rsatilgan mablag‘ni tegishli hisoblarga o‘tkazdi”, – deyiladi xabarnomada.

Pora berishga harakat qilgan shaxs ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Moskva davlat yo‘l harakati inspeksiyasi xodimi “TK-Avtotex” kompaniyasining yuk tashish mashinalarini maxsus ruxsatnomasiz Moskva halqa yo‘lidan o‘tkazish uchun berilgan 510 ming rubl porani olmadi. Bu haqda “Moskva” axborot agentligi xabar berdi.“Kompaniya bosh direktori Igor Postoronke yuk tashish mashinalarini maxsus ruxsatnomasiz Moskva halqa yo‘lidan o‘tkazish uchun inspeksiya xodimiga 510 ming rubl miqdoridagi to‘lovni taklif qildi. Keyinchalik o‘z jinoiy maqsadini amalga oshirish uchun gumondor ko‘rsatilgan mablag‘ni tegishli hisoblarga o‘tkazdi”, – deyiladi xabarnomada.Pora berishga harakat qilgan shaxs ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish