19:08 / 17.06.2015
1834

Mourino tomoshabinlar sig‘may qolayotgani uchun "Stemford Brij" rekonstruksiya qilinishini ma'qullaydi

"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino "Stemford Brij" o‘yingohida rekonstruksiya ishlari olib borilishi rejasini qo‘llab-quvvatlaydi.

"O‘ylashimcha, bu o‘zgarish jamoani yangi bosqichga olib chiqadi. "Chelsi" keyingi 10 yil ichida 4 marta APL chempionligiga erishdi. Biz endi katta jamoamiz.
"Stemford Brij" hamisha to‘lib turadi. O‘yingohning tomoshabin sig‘imini kengaytirish vaqti keldi. Men bu borada janob Abramovich hamda rahbariyatning qaroriga qo‘shilaman.
Fikrimcha, futbolda eng muhim narsalardan biri muxlislar uchun sharoit yaratish. O‘yinlarimizni yanada ko‘proq tomoshabin kuzatib borishi kerak", deb fikr bildiradi portugaliyalik mutaxassis.

Biroz oldinroq, Abaramovich keyingi ikki yil davomida o‘yingohni rekonstruksiya qilish orqali, tomoshabin sig‘imini 60 mingga yetkazishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

Top