Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 22:25 / 17.06.2015
2469
1 daqiqa o‘qiladi
Nigeriyada topib olingan portlovchi qurilmalar portlashi oqibatida 63 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyada “Boko Haram” guruhiga tegishli bombalarning portlashi oqibatida 63 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Mahalliy o‘zini mudofaa qilish qo‘shinlarining aytishicha, “Boko Haram” qo‘shinlariga tegishli portlovchi qurilmalar omborxonasi aniqlangandan keyin u Monguno shahriga olib kelingan.
Bombalar oldida mahalliy aholi to‘planib olgan va aynan shuning oqibatida tasodifan sodir bo‘lgan portlashdan halok bo‘lganlar soni ko‘pchilikni tashkil qilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish