Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 11:31 / 17.06.2015
2980
1 daqiqa o‘qiladi
Oq uy hududiga kirmoqchi bo‘lganida qo‘lga olingan urush faxriysi 17 oyga qamaldi
AQShda urush faxriysi bo‘lgan Omar Gonsales ismli shaxs mamlakat prezidenti qarorgohi bo‘lmish Oq uyga panjarali to‘siqni oshib o‘tish orqali kirishga uringani uchun sud qilindi va unga nisbatan 17 oylik qamoq jazosi belgilandi. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar bergan.
Sudda davlat prokurori unga nisbatan 2 yillik qamoq jazosi so‘ragan.
Biroz oldinroq, Omar Gonsales ruhiy testdan o‘tgandi.
Ma'lumot uchun, Gonsales 2014 yilning sentabrida Oq uyga kirishganida qo‘lga olingan. Uning uyidan qurol va o‘q-dorilar topilgandi.